O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 26-27 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Minsk shahrida bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.