Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mirzacho‘lda innovasion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil qilinmoqda

Mirzacho‘lda innovasion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil qilinmoqda

«Mirzacho‘l» klasteri cho‘l sharoitida bu yil paxtadan gektariga 50-55 sentnerdan hosil oldi, unga biriktirilgan 27 nafar fermer esa hosildorlikni 85 sentnergacha olib chiqdi.

Ushbu tajribani ommalashtirish uchun Mirzacho‘lda innovasion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil qilinmoqda. Butun respublikadagi 1 ming nafar fermer ushbu maktabda cho‘l sharoitida paxta yetishtirish bo‘yicha o‘qitiladi. Mazkur maktabda o‘qib, sertifikat olgan fermerlarga reytingda qo‘shimcha 10 ball beriladi.

Shu bilan birga, ilg‘or fermerlarni ustoz sifatida kam hosil olayotgan fermerlarga biriktirib, har ikki tomonga ham manfaatli bo‘ladigan tizim qilinadi.

Ustoz fermerlar o‘z tajribasini shogird fermerga o‘rgatib, hosilni 50 sentnerdan oshirishga ko‘maklashsa, 5 million so‘m mukofot oladi.

Kiritildi: Bugun 13:11. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!