Toshkentda har yili an’anaviy tarzda Mirabror Usmonov xotira turniri o‘tkaziladi. Bu yilgi turnirda O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni va Yaponiyaning U-23 jamoalari ishtirok etishmoqda.
Bugun, 28 iyul kuni bo‘lib o‘tgan uchinchi o‘yinda Ravshan Haydarov boshqaruvidagi mezbonlar yaponiyalik tengqurlariga qarshi saf tortdi. Mazkur bahs Yaponiya futbolchilarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Shu tariqa, musobaqada yuz foizlik natija qayd etgan yaponiyaliklar chempionlikni qo‘lga kiritdi. 3 ochkosi bor O‘zbekiston olimpiya jamoasi 2-o‘rin bilan cheklandi.
Mirabror Usmonov kubogi-2025
O‘zbekiston U-23 — Yaponiya U-23 0:2
Gol: Shimamoto 61, Inoue 88.
O‘zbekiston: 21.Edem Nemanov, 6.Jahongir O‘rozov, 9.Sherzod Esanov, 10.Behruz Asqarov, 11.Zafarmurod Abdiraxmatov, 13.Asilbek Jumayev, 15.Diyor Ortiqboyev, 16.Samandar Mavlonqulov, 17.Nodir Abdurazzoqov, 20.Mahmud Mahamadjonov, 22.Otabek Ahadov.
Yaponiya: 1.Masataka Kobayashi, 2.Haruto Matsumoto, 3.Kaito Tsuchiya, 4.Hayato Tariqkanai Okabe, 5.Kanta Sekitomi, 6.Joei Yamamoto, 8.Yudai Shimamoto, 13.Kosuke Hara, 14.Tokumo Kavai, 19.Rikuto Ando, 24.Alen Inoue.