Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Millatlar ligasi. Portugaliya Norvegiyani mag‘lub etdi, Ronaldu esa maydonga tushmadi

Millatlar ligasi. Portugaliya Norvegiyani mag‘lub etdi, Ronaldu esa maydonga tushmadi

Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichi 2-turida Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Oslodagi «Ullevol» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Portugaliya safida Joau Feliks va Gonsalu Ramush gol urdi. Ramushning yana bir goli VAR aralashuvidan so‘ng ofsayd sabab bekor qilindi. Norvegiyaning yagona goliga Erling Xoland mualliflik qildi.

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu butun uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.

Portugaliya 6 ochko jamg‘arib, A ligasining 4-guruhida peshqadamlik qilmoqda. 3 ochkoga ega Norvegiya ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvda Portugaliya Daniyaga qarshi maydonga tushadi, Norvegiya esa Uels bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!