Bugun, 27 sentyabr kuni UYEFA Millatlar ligasi A ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida Norvegiya va Portugaliya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
Uchrashuv Oslodagi "Ullevol" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinni fransiyalik hakam Fransua Leteksye boshqaradi. Boshlanish vaqti — 23:45.
Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari:
Norvegiya: Nyuland, Ryuerson, AYEr, Xeggem, Eursnes, Berg, Berge, Edegor, Shelderup, Nusa, Xoland.
Portugaliya: Diogu Koshta, Joau Kanselu, Ruben Diash, Renatu Veyga, Nunu Mendesh, Palinya, Joau Nevesh, Fransishku Konseysau, Joau Feliks, Pedru Netu, Gonsalu Ramush.
1-turda Portugaliya Uelsni 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Norvegiya Daniya ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
3-turda Norvegiya safarda Uelsga qarshi o‘ynaydi. Portugaliya esa Daniya mehmoni bo‘ladi. Har ikki uchrashuv 1 oktyabr kuni o‘tkaziladi.