Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Millat salomatligi ikkinchi darajali masala bo‘lishi mumkin emas" - Saida Mirziyoyeva ekologik vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

"Millat salomatligi ikkinchi darajali masala bo‘lishi mumkin emas" - Saida Mirziyoyeva ekologik vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, barcha kuchlar muammoni tezkor bartaraf etishga yo‘naltirildi. Shu maqsadda tuzilgan Maxsus komissiya har kecha reydlar o‘tkazib, ekologik qonunbuzarliklarni aniqlamoqda.

Saida Mirziyoyeva ham komissiya ishlariga hamrohlik qilib, muammoni joyida o‘rgandi . Qibray tumanidagi issiqxonalardan birida kuniga 150 kilogrammga yaqin ko‘mir yoqilayotgani aniqlandi, bu esa havoning ifloslanishiga sezilarli darajada ta’sir qilayotgani qayd etildi. Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, ekologiyaga yetkazilgan zararni hech qanday daromad bilan oqlab bo‘lmaydi.

Shu bilan birga, Saida Mirziyoyeva tadbirkorlarning faoliyatini qonuniy va xavfsiz yuritishi uchun yordam ko‘rsatish muhimligi bildirildi. Ekologiya qo‘mitasiga bir kun ichida ushbu issiqxonaga zamonaviy filtr o‘rnatish, shuningdek, tadbirkorlar uchun seminar-trening va filtrlar ko‘rgazmasini tashkil etish vazifasi topshirildi.

Yig‘ilishda Saida Mirziyoyeva komissiyaning dastlabki natijalarini muhokama qilib, qabul qilinayotgan qarorlar tizimli bo‘lishi va kelajakda bunday ekologik tahdidlarning oldini olishi zarurligini ta’kidladi . Mas’ullarga aniq muddatlarda samarali natija ko‘rsatish vazifasi yuklatildi.

«Millat salomatligi ikkinchi darajali masala bo‘lishi mumkin emas — toza havo, suv va sog‘lom ekologik muhit uchun kurash oldimizda turgan eng asosiy vazifalardan biridir», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Kiritildi: Bugun 14:18. O'qildi: 212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!