Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Urush qachon tugashini Eron belgilaydi

Urush qachon tugashini Eron belgilaydi

Urush qachon tugashini Eron belgilaydi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh prezidenti Donald Trampning Erondagi urushning yakuni va uning qachon tugashi haqidagi izohlariga javob berdi. Korpusning ta’kidlashicha, bu masala bo‘yicha qarorni Islom Respublikasi armiyasi o‘zi belgilaydi.

Tramp avvalroq Erondagi urush yakuniga yetayotganini bildirgandi.

Shu bilan birga, Eron harbiylari agar AQSh va Isroil Eronga qarshi hujumlarni davom ettirsa, mintaqadan neft eksport qilishga yo‘l qo‘yilmasligini aytdi.

Bu esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft yetkazib berishni uzoq muddatga to‘xtatishi mumkinligi haqidagi xavotirlar fonida neft narxlarining 2022 yildan beri birinchi marta bir barrel uchun 100 dollardan oshishiga olib keldi.

Kiritildi: Bugun 14:24. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!