Italiyaning Milan shahrida hayot qimmatlashishi, narxlar oshishi, ish haqining pastligi va uy-joy muammolariga qarshi o‘tkazilgan namoyishlar polisiya bilan to‘qnashuvlarga aylandi.
Namoyishchilar Milanning asosiy ramzlaridan biri bo‘lgan Duomo sobori yaqinidagi barrikadalarga o‘t qo‘ygan. Polisiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv to‘plaridan foydalangan.
Shunga o‘xshash to‘qnashuvlar Boloniya va Turin shaharlarida ham kuzatilgan.