Bu haqda Deutsche Welle
Bir necha yuz nafar milanlik AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati (ICE) xodimlariga qarshi namoyishga chiqdi. Norozilik aksiyasi shahar markazida bo‘lib o‘tdi.
Namoyishga chiqqanlar 6–22 fevral kunlari Milan va Kortina d'Ampezzo shaharlarida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga ICE xodimlari kelishiga yo‘l qo‘yilmaslikni talab qilmoqda.
Namoyish ishtirokchilari AQShda ICE harakatlariga qarshi chiqayotgan amerikaliklar bilan birdamligini bildirdi.
Avvalroq ICE xodimlari Italiyada AQSh delegasiyasini qo‘riqlash vazifasida ishtirok etishi mumkinligi ma’lum qilingan edi. Milan meri Juzeppe Sala esa ilgari ICE xodimlarini “shumqadam mehmonlar” deb atagan va ularni “bizning demokratik xavfsizlik uslubimizga mos kelmaydi” deb ta’riflagan.