Bu haqda Rossiya prezidenti maslahatchisi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengash raisi Valeriy Fadeev Toshkentda bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ma’lum qildi.
Fadeev migrasiya sohasida bir qancha muammolar to‘planib qolgan va ularga ko‘z yummasdan, tegishli maqbul yechimlarni topib, ijobiy hal qilish kerakligini ta’kidladi.
Rossiya vakili ushbu davra suhbati xulosalari va tavsiyalari asosida yakuniy hujjat tayyorlab uni har ikki davlatning qonunchilik va ijro hokimiyati organlariga, parlamentlarga yuborishni taklif qildi.
Toshkentda 2 oktyabr kuni "MDH yagona mehnat bozorini shakllantirish doirasida migrasiya siyosatini takomillashtirish" mavzusida O‘zbekiston-Rossiya davra suhbati bo‘lib o‘tdi.