Bugun 31 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Microsoft xodimlari Isroilga qarshi norozilik namoyishlari sababli qo‘lga olindi

Microsoft xodimlari Isroilga qarshi norozilik namoyishlari sababli qo‘lga olindi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Redmond shahrida joylashgan Microsoft korporasiyasi qarorgohida o‘tkazilgan Isroilga qarshi norozilik namoyishlari paytida kamida yetti kishi, jumladan ikki faol xodim va uch nafar sobiq xodim, shuningdek, IT sohasining yana ikki vakili qo‘lga olindi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Norozilik aksiyasi ishtirokchilari Microsoft'dan Isroil hukumati bilan hamkorlikni to‘xtatishni talab qilgan. Ular kompaniya prezidenti Bred Smitning ofisida o‘tirib olish aksiyasi tashkil qilganlar. Qolgan ishtirokchilar esa bino tashqarisida yig‘ilgan.

Aksiya tashkilotchilaridan biri, Microsoft’ning sobiq xodimi Abdo Mohamedning ta’kidlashicha, polisiya maxsus jiletlarda kelib, namoyishchilarni bino ichidan ko‘tarib chiqargan.

«Ni qo‘lga olish, ni zo‘ravonlik bizga to‘sqinlik qilolmaydi. Biz haqiqatni gapirishda davom etamiz», — dedi Abdo Mohamed.

Hozircha Microsoft kompaniyasi ushbu voqeaga rasmiy munosabat bildirmadi.

Kiritildi: 09:00 28.08.2025. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!