MIB va IIB xodimlarining xizmat vazifasi bir manzilda "kesishib" qoldi: qarzdor xonadon egalari undiruvni ta’minlash bo‘yicha ish olib borayotgan MIB xodimlari harakatlaridan norozi bo‘lib, IIBga qo‘ng‘iroq qilgan. Chaqiruv bo‘yicha yetib borgan profilaktika inspektorlari va MIB xodimlari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan.
Kun uz tanishgan hujjatda MIB xodimlariga "engil tan jarohati yetkazilgani" hamda ularning "faoliyatiga to‘sqinlik qilingani" aytiladi.
Sud prokuror iltimosnomasini qanoatlantirib, bir nafar profilaktika inspektoriga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llagan. Prokuror iltimosnomada uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatda gumonlanayotgan profilaktika inspektori “ochiqda qolgan taqdirda takroran jinoyat sodir qilishi hamda tergov organlaridan yashirinishi mumkin”ligini bayon qilgan.