Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining 2026 yil 16 yanvardagi hukmi ijrosi ta’minlandi.
Ushbu hukmga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186¹-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan sudlangan J.N.ga oid jinoyat ishi doirasida ashyoviy dalillar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Shuningdek, “S.M” MCHJga qarashli omborxonada saqlanayotgan jami 4376 dona alkogol mahsulotlari hamda Samarqand tumanida huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan, umumiy bahosi 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m bo‘lgan jami 1500 quti tamaki va boshqa mahsulotlari tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Mazkur tadbir noqonuniy mahsulotlarning muomalaga kiritilishining oldini olish, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda bozorda qonuniy raqobat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.