Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Soliqdan qochish jinoyati og‘ir jinoyatlar turkumiga o‘tkazilmoqda

Soliqdan qochish jinoyati og‘ir jinoyatlar turkumiga o‘tkazilmoqda

2026 yil 17 aprel kungi qonun bilan soliqlarni to‘lashdan juda ko‘p miqdorda (BHMning 1000 baravaridan, hozirda 412 mln. so‘mdan ortiq) bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bilan birga 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmoqda.

Qonun 2026 yil 18 iyuldan kuchga kiradi.

Demak, JKning 184-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni 2026 yil 18 iyuldan keyin sodir etgan va ushbu jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, OMQ jazosi tayinlangan taqdirda, mahkumlar jazoni umumiy tartibli koloniyada (avvalgidek manzil-koloniyada emas) o‘taydilar.

Shuningdek, OMQ jazosi uning yarmi o‘talgan taqdirdagina boshqa yengil jazoga almashtirilishi mumkin (avvalgidek 4dan 1 qismi emas).

Qonun kuchga kirgach va amalda tatbiq etila boshlagach, hozirda soliqdan qochib, javobgar bo‘layotgan «sholg‘om» rahbarlar, ta’sischilar, shuningdek yollanma buxgalterlar kamayadi, bizningcha.

Kiritildi: Bugun 10:25. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!