Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

DXX ogohlantiradi: Aldovlarga ishonib, pushaymon bo‘lmang! (video)

DXX ogohlantiradi: Aldovlarga ishonib, pushaymon bo‘lmang! (video)

🥷 So‘nggi vaqtlarda xalqaro terroristik tashkilotlar o‘zlarining ko‘poruvchilik va buzg‘unchilik maqsadlarini amalga oshirish uchun mablag‘ yig‘ishning yangi usullarini qo‘llashmoqda.

Ular xalqimizning sahovatpeshalik va sahiylik qadriyatlarini suiiste’mol qilib, chet davlatlardagi notinch hududlarda, jumladan, G‘azo sektorida aziyat chekayotgan musulmonlarga yoki xorijdagi nogiron ayollar va bolalarga moddiy yordam ko‘rsatish niqobi ostida ijtimoiy tarmoqlar orqali turli e’lonlar tarqatib, o‘z manfaatlari uchun pul yig‘ishmoqda.

Afsuski, ayrim fuqarolarimiz bilmasdan yoki tushunmasdan hamda terrorchilar tarqatgan e’lonlardagi video va rasmlardagi holatlardan ta’sirlanib, mazlumlarga yordam berib, savob olish ilinjida pullarini e’londa ko‘rsatilgan to‘lov kartalarga o‘tkazib berishmoqda.

Ammo, o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, e’lonlarda ko‘rsatilgan to‘lov kartalarga o‘tkazilgan mablag‘lar qiynalgan ayollar va bolalarga dori-darmon, oziq-ovqat yoki kiyim-kechak olish uchun ishlatilmasdan, aksincha begunoh insonlarning o‘limiga sabab bo‘layotgan terrorchilar qo‘liga borib tushmoqda.

Aziz vatandoshlar, savob ish qilaman deb, bilmasdan terrorchi tashkilotlarga ko‘mak berib qo‘ymang.

Shuningdek, begona shaxslar sizning nomingizga to‘lov kartasi, kriptohamyon yoki boshqa hisob raqamlar ochishni iltimos qilsa aslo rozi bo‘lmang.

Chunki, nomingizga ochilgan hisob raqamlardan o‘zgalarning g‘araz maqsadlari yo‘lida pul yig‘ish uchun foydalanishlari mumkin.

Unutmang, terrorchilik faoliyatini har qanday shaklda va usulda qo‘llab-quvvatlash, mablag‘lar o‘tkazish yoki xizmatlar ko‘rsatish – terrorizmni moliyalashtirish hisoblanadi va 15 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 09:35. O'qildi: 470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!