Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

“Real” yulduzi kasallik sabab bir zumda olti kiloga ozib ketdi

“Real” yulduzi kasallik sabab bir zumda olti kiloga ozib ketdi

Madridning “Real” klubi himoyachisi Raul Asensio hozirda shifoxonada bo‘lib, unda gastroenteritga sabab bo‘lgan virusni aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tmoqda.

Futbolchi kasallik tufayli ikki hafta ichida olti kilogramm vazn yo‘qotgan. Bu haqda COPE nashrining ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Asensio 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan La Liganing 33-turi doirasida “Alaves”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

Joriy mavsumda Asensio barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda qatnashib, ikki gol va bir golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 23:50 18.04.2026. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!