Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

MIB: Samarqandda qarzdorning 4,6 milliard so‘mlik mulki savdoga chiqarildi

MIB: Samarqandda qarzdorning 4,6 milliard so‘mlik mulki savdoga chiqarildi

AITB Biznesni rivojlantirish banki tomonidan Samarqand shahridagi “A.S.” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kredit ajratilgan. Biroq korxona kredit shartlarini bajarmaganligi sababli 4 milliard 650 million so‘m miqdorida muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2025 yil 15 iyundagi qaroriga ko‘ra, qarzdorlikni undirish uchun garovga qo‘yilgan korxona binosiga yo‘naltirilgan. Shunga qaramasdan, korxona rahbariyati tegishli choralarni ko‘rmagan.

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi inspektorlari korxona rahbariyatini bir necha bor ogohlantirib, mol-mulkka taqiq qo‘ygan. Qarz to‘lanmaganligi sababli garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk – korxona binosi 4 milliard 650 million so‘mga baholanib, onlayn auksionda sotishga chiqarildi.

Kiritildi: 08:30 24.10.2025. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!