Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

MIB qarzdorning 1,3 mlrd so‘mlik avtomashinasini auksionga chiqarmoqchi​​​​​​​

MIB qarzdorning 1,3 mlrd so‘mlik avtomashinasini auksionga chiqarmoqchi​​​​​​​

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2026 yil 27 fevraldagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor P.K.dan undiruvchi «Asakabank» AJ foydasiga jami 614 mln 833 ming so‘m undirish hamda undiruvni garovda bo‘lgan «BMW X3» rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan ijro ishi qo‘zg‘atildi.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarni ijro etish sho‘’basi ish yurituviga kelib tushgan mazkur «ish» doirasida, qonun talablariga muvofiq, qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berilgan. Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Garov mulki sifatida qayd etilgan avtomashina aniqlanib, belgilangan tartibda xatlandi hamda 1 mlrd 34 mln 600 ming so‘mga baholandi.

«Ayni paytda ushbu avtotransport vositasini «E-auksion» elektron savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Savdodan tushgan pul mablag‘lari undiruvchi bank foydasiga yo‘naltiriladi, ortiqcha qismi esa qarzdorning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi», – deyiladi MIB xabarida.

Kiritildi: Bugun 11:13. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!