Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) saytida xabar qilinishicha, 6 apreldan 12 aprelgacha bo‘lgan davrda Rossiya prezidenti faoliyatini ma’qullash reytingi 66,7 foizni tashkil etib, o‘tgan haftaga nisbatan 1,1 foizga pasaygan.
Shuningdek, Vladimir Putinga ishonch reytingi ham 1,8 foizga kamayib, 72 foizni tashkil etgan.
Hukmron “Yagona Rossiya” (“Edinaya Rossiya”) partiyasini qo‘llab-quvvatlash darajasi ham pasayishda davom etmoqda — 27,3 foizgacha (bir hafta ichida 2,4 foizga).
VSIOM qatorasiga oltinchi hafta Putinning faoliyatini ma’qullash reytingi pasayishini qayd etmoqda.