Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

MIB: fermer xo‘jaligidan 30 million so‘mdan ortiq soliq qarzi undirildi

MIB: fermer xo‘jaligidan 30 million so‘mdan ortiq soliq qarzi undirildi

Sardobalik fuqaro MIB xodimlariga avtomashinasini shunchaki berib qo‘yishni xohlamadi. Aksincha, u darhol 31,4 mln. so‘mni naqd ko‘rinishda to‘lashni ma’qul ko‘rdi.

Gap shundaki, Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasining qarzdor “K.Y.” fermer xo‘jaligidan 37,4 mln. so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi qarorlari ijrosi bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Sardoba tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik to‘lanmagani sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorning “KIA K5” rusumli avtomashinasi xatlandi.

Natijada qimmatbaho avtoulovdan ajralishni istamagan qarzdor 31,4 mln. so‘m soliq qarzini to‘liq to‘lab berdi.

Shuningdek, qarzdorlik sabab yuzaga kelgan jami 1,5 mln. so‘m ijro yig‘imini ham to‘laydigan bo‘ldi.

Kiritildi: 16:01 07.04.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!