AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni Rossiya bosqinchiligi uchun javobgar deb hisoblamaydi, ammo baribir u urushning oldini olish uchun yetarli harakat qilmaganiga ishonadi. Bu haqda Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi.
"Rossiya ancha katta, u ancha qudratli harbiy kuch. Agar aqlli bo‘lsang, urushlarga aralashmaysan... Men uni ayblamayman. Lekin men uning o‘z ishini yaxshi bajarayotganini ko‘rmadim. "Men uning ashaddiy muxlisi emasman" - dedi Tramp.
Oq uy rahbari Zelenskiyni javobgar emasligini ta’kidladi, ammo bu urush boshlanganidan "hayajonlanmaydi".