Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyadagi ijara kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlik jasadi topilgani aytilmoqda

Rossiyadagi ijara kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlik jasadi topilgani aytilmoqda

Shu yilning 13 aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahridagi Gagarin ko‘chasida joylashgan kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi.

Bu haqda Kaliningrad viloyati prokuraturasi xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, ulardan zo‘ravonlik alomatlari topilmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklarning vafotiga is gazi bilan zaharlanish sabab bo‘lgan.

Ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi prokuratura nazoratiga olingan.

Kiritildi: 05:09 18.04.2025. O'qildi: 1133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!