Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Meva-sabzavot mahsulotlarini realizasiyaga chiqaradigan ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Meva-sabzavot mahsulotlarini realizasiyaga chiqaradigan ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-136-son, 08.04.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, 2025–2026 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

🔸2025 yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini jami 3,5 milliard AQSh dollariga yetkazish;

🔸2025 yil yakunigacha 8 ta davlatga yangi 30 turdagi mahsulotlar eksporti uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini olish;

🔸istiqbolli bozorlarga 2025 yilda 442 million AQSh dollari, 2026 yilda 575 million AQSh dollari miqdoridagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ta’minlash;

🔸2025 yilda hududlarda jami 2,1 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari uchun qadoqlar ishlab chiqarish bo‘yicha 40,5 million AQSh dollari miqdoridagi investisiya loyihalarini amalga oshirish.

☑️2028 yil 1 yanvargacha meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda realizasiyaga chiqaradigan hamda quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlar uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz etib belgilanadi:

▪️har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;

▪️zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini soliq davrida realizasiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan daromadning kamida 50 foizini tashkil etganda;

✅2027 yil 1 aprelgacha dukkakli mahsulotlarni ekish, yig‘ib olish va saralash uskunalari importi uchun bojxona bojining 1 foizlik stavkasi qo‘llanadi.

Kiritildi: 09:55 10.04.2025. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!