Ikki nafar qiz Nyu-York metrosida poyezd vagonining tomiga chiqishga urinib, halok bo‘ldi.
Bu haqda shahar polisiyasiga tayanib, NBC telekanali ma’lum qildi.
"Nyu-York shahridagi metro poyezdining tomidan ikki qiz o‘lik holda topildi", — deyiladi xabarda.
Mahalliy hokimiyat vakillari yoshlarni tomga chiqish bilan shug‘ullanmaslikka chaqirib, bu xavfdan ogohlantirgan.