Ijtimoiy tarmoqlarda “Metan gaz quyish shoxobchasida navbat talashib katta janjal bo‘lgani aytilmoqda” izohi bilan video xabarlar tarqaldi. IIBB Axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganov holat yuzasidan dastlabki ma’lumoni e’lon qildi.
Aniqlanishicha, mazkur holat kecha 26 fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan metan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.
Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olinib, hududiy IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov-surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Natijasi bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi va jamoatchilikka axborot beriladi», - deyiladi xabarda.