Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Messining kelajagi ma’lum bo‘ldi

Messining kelajagi ma’lum bo‘ldi

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, 2022-yilgi jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritgan Lionel Messi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti. ESPN nashri xabariga ko‘ra, 38 yoshli argentinalik hujumchi “Inter Mayami” bilan uzoq muddatli shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar kelishuvning so‘nggi tafsilotlarini muhokama qilmoqda va yaqin orada shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Messi 2023-yilning yozidan beri “Inter Mayami” sharafini himoya qilib keladi, uning klub bilan shartnomasi 2025-yilning oxiriga qadar amal qiladi.

Avvalroq OAVda Leo Mayami klubidan ketishi mumkinligi va unga Saudiya Arabistonin chempionatidan jiddiy taklif borligi borasida mish-mishlar tarqalgan edi. Ammo amalda bu o‘z tasdig‘ini topmadi.

Eslatib o‘tamiz, Leo Messi joriy mavsum MLS doirasidagi 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 20 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 23:45 18.09.2025. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!