"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
Argentinalikning floridaliklar bilan amaldagi kelishuvi yil oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. Inter Miami News Hub xabariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan. Yangi bitim tuzish haqida rasmiy e’lon qilish vaqt masalasi.
Lionel Messi 2023 yilning yozida erkin agent sifatida "Inter Mayami"ga o‘tgandi. Joriy mavsumda yulduz hujumchi 16 ta o‘yinda o‘nta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi. Iyun oyida "Barselona" va "Pari Sen-Jermen" klublarining sobiq futbolchisi 38 yoshga to‘ladi.