Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Messining dubli va golli uzatmasi «Inter Mayami»ga safarda «Nyu-York Siti»ni yirik hisobda mag‘lub etishga yordam berdi

Messining dubli va golli uzatmasi «Inter Mayami»ga safarda «Nyu-York Siti»ni yirik hisobda mag‘lub etishga yordam berdi

24 sentyabrdan 25 sentyabrga o‘tar kechasi MLS bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda «Nyu-York Siti» o‘z maydonida «Inter Mayami»ni qabul qildi. Uchrashuv Nyu-York shahridagi «Siti Fild» stadionida o‘tkazildi va mehmonlar yirik hisobda g‘alaba qozondi — 4:0.

G‘oliblar safida argentinalik yulduz hujumchi Lionel Messi dubl qayd etdi va bir golga uzatma berdi. Shuningdek, urugvaylik Luis Suares va argentinalik Baltasar Rodriges ham bittadan gol muallifi bo‘lishdi.

«Inter Mayami» uchun bu ketma-ket uchinchi g‘alaba bo‘ldi. «Nyu-York Siti» esa uch g‘alabadan iborat seriyasini to‘xtatdi.

AQSh — Major League Soccer (MLS)
25 sentyabr 2025 yil, payshanba. 04:30 (TSHV)
Nyu-York Siti (Nyu-York) — 0:4 — Inter Mayami (Mayami)
Gollar: 0:1 — Rodriges (43'), 0:2 — Messi (74'), 0:3 — Suares (83'), 0:4 — Messi (86')

Kiritildi: 09:21 25.09.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!