Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messi «yaxshi xulq-atvor» qoidasi sabab MLS bahsini o‘tkazib yubormaydi

Messi «yaxshi xulq-atvor» qoidasi sabab MLS bahsini o‘tkazib yubormaydi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2 noyabr kuni «Nyu-England Revolyushn»ga qarshi MLS bahsini o‘tkazib yubormaydi. ESPN xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi «Sinsinnati»ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan bellashuvda mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini olgan bo‘lsa-da, diskvalifikasiyaga uchramaydi.

Bunga MLS reglamentidagi «Yaxshi xulq-atvor uchun rag‘bat» qoidasi imkon beradi. Unga ko‘ra, futbolchilar intizomli o‘yin namoyish etgani uchun avvalgi sariq kartochkalaridan birini hisobdan chiqarishi mumkin.

Agar futbolchi ketma-ket beshta bahsda sariq yoki qizil kartochka olmasa va boshqa intizomiy jazoga tortilmasa, uning to‘plangan sariq kartochkalari sonidan avtomatik ravishda bittasi ayiriladi.

Ushbu qoidadan muntazam mavsum davomida ko‘pi bilan uch marta foydalanish mumkin.

Ma’lumot uchun, «Inter Mayami» va «Sinsinnati» o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobida yakunlangan. Messi esa ushbu bellashuvda sariq kartochka olgan.

Eslatib o‘tamiz, «Inter Mayami» 2 noyabr kuni «Nyu-England Revolyushn»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 20:41 31.10.2026. O'qildi: 541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!