Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Messi yana eng yaxshi futbolchi deb topildi

Messi yana eng yaxshi futbolchi deb topildi

Lionel Messi MLSda turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Inter Mayami" hujumchisi Shimoliy Amerika ligasining 23 va 24-o‘yin kunlari yakunlariga ko‘ra sovrinni qo‘lga kiritdi.

10 iyul kuni argentinalik futbolchi "Nyu-Inglend Revolyushn"ga (2:1) qarshi o‘yinda dubl qayd etgan bo‘lsa, 13 iyul kuni "Neshville"ga (2:1) ikkita gol urdi.

Shu tariqa, Messi MLSning joriy mavsumida 4-marta kunning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu Leoning "Inter Mayami"dagi faoliyatidagi 10-mukofotidir. U 2023 yildan beri MLSda faoliyat yuritmoqda.

Ilgari atigi besh nafar o‘yinchi ushbu sovrinni 10 yoki undan ortiq marta qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 08:40 15.07.2025. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!