Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Messi va Ronaldu bir jamoada birlashishi mumkin

Messi va Ronaldu bir jamoada birlashishi mumkin

Argentinalik sobiq futbolchi Karlos Teves xayrlashuv uchrashuvini tashkil qilishni rejalashtirmoqda.

Sobiq forvard 2022 yilda butsalarini mixga ilgan bo‘lsa-da, ammo hozirgi paytga kelib xayrlashuv o‘yini haqida o‘ylayapti. U sobiq jamoadoshlari va terma jamoadoshlari orasidan ko‘plab yulduzlarni, jumladan, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini taklif qilishni rejalashtirmoqda.

"Men albatta xayrlashuv o‘yinini o‘tkazaman, faqat qulay vaqt topishim kerak. Men Messini ham, Ronalduni ham taklif qilmoqchiman", – dedi sobiq hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, Teves "Manchester Yunayted"da Krishtianu Ronaldu bilan, Argentina terma jamoasida Lionel Messi bilan birga to‘p tepgan.

Kiritildi: 18:50 18.04.2025. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!