Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Messi va "Inter Mayami" kelishib oldi

Messi va "Inter Mayami" kelishib oldi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. Tomonlar to‘liq kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda jurnalist Nacho Garsiya. 38 yoshli futbolchi shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan kamida ikki yilga uzaytiradi. Bundan tashqari, argentinalik futbolchi futbolchilik faoliyatini yakunlagach, klubda o‘z ulushiga egalik qiladi, deyiladi manbada.

Lionel Messi 2023 yilning iyulidan beri "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda. Sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibining "qo‘tonlar" bilan amaldagi shartnomasi tez orada - joriy yil oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

Messi MLSning joriy mavsumdagi 22 o‘yinida 22 ta gol va o‘nta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:35 22.09.2025. O'qildi: 929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!