Argentina terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turi doirasida Jazoirga qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uchrashuv chorshanba, 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Jurnalist Esteban Edulning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bosh murabbiy Lionel Skaloni katta ehtimol bilan Lionel Messini asosiy tarkibda maydonga tushiradi.
Jamoaning bo‘lajak o‘yin uchun taxminiy tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan: Emiliano Martines, Molina, Romero, Otamendi, Medina, de Paul, Enso Fernandes, Mak Allister, Almada, Messi, Xulian Alvares.
Ikkinchi turda argentinaliklar Avstriyaga qarshi (22.06) maydonga tushishsa, guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida amaldagi Jahon chempionlari Iordaniya terma jamoasi bilan kuch sinashadilar (28.06).