Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Messi mutlaq rekordchi!

Messi mutlaq rekordchi!

Argentina terma jamoasi va MLSning "Inter Mayami" klubi forvardi Lionel Messi 50-marta 10 ball - Sofascore statistik portalining eng yuqori bahosi sohibiga aylandi. Tegishli xabar uning veb-saytida e’lon qilindi.

Messining eng yaqin ta’qibchisi braziliyalik Neymar bo‘lib, u 18 marta eng yuqori bahoga loyiq ko‘rilgan. Avval Qozonning "Rubin" klubida o‘ynagan, hozir esa Singapur chempionatida o‘z mahoratini namoyish etayotgan belgiyalik vinger Maksim Lestyenn ham shuncha marta o‘zini ko‘rsatgan.

Keyingi o‘rinlarda "Real"dan fransiyalik Kilian Mbappe (17), Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubidan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va Germaniyaning "Bavariya" klubidan angliyalik Xarri Keyn (13 nafardan) bormoqda.

Kiritildi: 23:15 25.09.2025. O'qildi: 1153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!