Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Messi koronavirus haqida: "Uydan chiqqaningdayoq xatarga uchraysan, biroq..." 

Messi koronavirus haqida: "Uydan chiqqaningdayoq xatarga uchraysan, biroq..." 

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi koronavirus pandemiyasi sharoitida qabul qilingan karantin cheklovlari to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hozir istalgan joyda kasallik yuqtirib olish mumkin. Uydan chiqqaningdayoq xatarga uchraysan. Bunga juda ham qattiq e’tibor qaratmaslik lozim, chunki ko‘chaga chiqmaslikning iloji yo‘q. 

Ammo qoidalarga rioya qilishning muhim ekani va xavfsizlik choralarini ko‘rish shart ekanini yaxshi tushunib turibmiz», - deb Messi so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Ispaniya chempionati 2 oydan beri to‘xtab turibdi. Mamlakatda xavfli virusni yuqtirib olganlar soni 230 mingdan oshgan. 

 

Kiritildi: 10:42 16.05.2020. O'qildi: 1978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!