Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messi jahon chempionatidagi ilk golidan roppa-rosa 20 yil o‘tib yana gol urdi

Messi jahon chempionatidagi ilk golidan roppa-rosa 20 yil o‘tib yana gol urdi

Lionel Messi jahon chempionatlaridagi o‘zining 14-golini ilk golidan roppa-rosa 20 yil o‘tib kiritdi.

2006 yilning 16 iyunida hujumchi Serbiya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan edi — bu uning mundiallarning final bosqichidagi ilk goli va turnirdagi debyut uchrashuvi edi. Bugun, oradan roppa-rosa 20 yil o‘tib, forvard jahon chempionatida 14-bor raqiblar darvozasiga yo‘l topdi — bu safar Jazoir terma jamoasi undan jabr ko‘rdi.

Messi faoliyati davomida jahon chempionatlarida jami 27 ta uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, uning hisobida sakkizta golli uzatma ham mavjud.

Kiritildi: 07:32 17.06.2026. O'qildi: 1090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!