Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Messi yetakchiligidagi Argentina — to‘rtinchi, Ispaniya — ikkinchi: Superkompyuter JCh bosh favoritini ma’lum qildi

Messi yetakchiligidagi Argentina — to‘rtinchi, Ispaniya — ikkinchi: Superkompyuter JCh bosh favoritini ma’lum qildi

JCH-2026 musobaqasida 1/8 final bosqichi yakunlandi. Uning natijalariga ko‘ra, Opta superkompyuteri qolgan jamoalarning mundialda g‘olib chiqish imkoniyatlarini baholadi.

Turnir chempionligiga bosh da’vogar sifatida 27,62 foiz imkoniyat bilan Fransiya terma jamoasi e’tirof etilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Ispaniya milliy terma jamoasi joylashgan — 21,54%. Kuchli uchlikni Angliya yakunlab berdi (17,06%).

Keyingi o‘rinlardan Argentina (15,9%), Norvegiya (6,5%), Marokash (4,04%), Belgiya (3,86%) va Shveysariya (3,46%) joy olgan.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tmoqda. JCH-2022 finalida Fransiya jamoasini mag‘lub etgan Argentina terma jamoasi amaldagi titul sohibi hisoblanadi.

Kiritildi: 13:43 08.07.2026. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!