2021 yilda Krishtianu Ronaldu matbuot anjumanida Coca-Cola idishlarini chetga surib, suv ichishni tavsiya qilgan edi. Oradan bir necha kun o‘tib, Coca-Cola aksiyalari arzonlashib ketdi va kompaniya bozor qiymatidan taxminan 4 milliard dollar yo‘qotdi.
2026 yilga kelib esa buning aksi yuz berdi. Lionel Messining Sprite ichishi haqidagi oddiygina izohi Coca-Cola aksiyalarining 4,5 foizga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi va bor-yo‘g‘i besh kun ichida kompaniya qiymatiga 12,9 milliard dollar qo‘shildi.