Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Germaniya kansleri Fridrix Mersning Ukrainaga yaqindagi tashrifi maqsadi haqida fikr bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, Mers Ukrainadagi korrupsiya sxemalari ichida bo‘lib, Kiyevga tashrifidan maqsadlardan biri ajratilayotgan mablag‘larni keyinchalik qanday taqsimlash masalasini muhokama qilish bo‘lgan.
Mers va Germaniya iqtisodiyot va energetika vaziri Katarina Rayxe 4 oktyabr kuni Kiyevga oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan borgan. Safar davomida Germaniya kansleri Ukrainaga harbiy yordam uchun 1 milliard yevro ajratishni va’da qilgan.
Zaxarova brifingda Mers va uning hamrohlari Ukrainadagi korrupsiya sxemalariga aloqador ekanini iddao qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya rahbariyati Ukrainaga ajratilayotgan mablag‘larning keyinchalik qanday taqsimlanishini muhokama qilish uchun ham Kiyevga boradi.
Avgust oyining ikkinchi yarmida Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful ham Ukrainaga oldindan e’lon qilinmagan tashrif buyurgan edi. May oyida esa Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukrainaga borib, qurol-yarog‘ ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilgan.