Germaniya kansleri Fridrix Mers Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qilib, Eronga nisbatan mo‘tadillikka chaqirdi.
Bu haqda Germaniya hukumatidagi manbaga tayanib, Reuters xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chorshanba kuni kechki telefon suhbati chog‘ida Mers Isroilning Eron yadroviy infratuzilmasiga qarshi harbiy hujumlarini Germaniya tomonidan fundamental qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, biroq mojaroga diplomatik yechim topish muhimligini ta’kidlagan. Agentlik manbasiga ko‘ra, Mers va Netanyaxu G‘azo sektoridagi vaziyatni ham muhokama qilgan. Germaniya hukumati Isroilni xalqaro qonunlarga rioya qilishga chaqirdi.
O‘z navbatida, DPA agentligi suhbat 20 daqiqa davom etganini yozadi. Mers, unga ko‘ra, Isroil duch kelayotgan tahdidni tushunishini bildirdi va Eron yadro dasturi to‘xtatilishi va mojaro nazorat ostiga olinishi zarurligini ta’kidladi.
Avvalroq Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya ("Evropa Ittifoqi3") tashqi ishlar vazirlari Iogann Vadeful, Jan-Noel Barro va Devid Lammi 20 iyun kuni Jenevada eronlik hamkasbi Abbos Arag‘chi bilan Tehron yadroviy dasturi atrofidagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi haqida xabar bergan edi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu muzokaralar oldidan yevrouchlik vakillari Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bilan uchrashadi. Uchrashuv Germaniyaning Jenevadagi konsulligida rejalashtirilgan.