Mers Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo mojarosi fonida Germaniya bozori Xitoy mahsulotlari bilan to‘lib ketishining oldini olmoqchi.
Germaniya aholisi har kuni Xitoydan 400 mingdan ortiq jo‘natma qabul qilmoqda.
"Biz bu vaziyatni iloji boricha tezroq tartibga solishimiz lozim. Iste’molchilar huquqlari, mahsulot sifati va xavfsizligi kafolatlanishi shart. Yevropa komissiyasi shoshilinch choralar ko‘rishi zarur", – deya ma’lum qildi Germaniyaning bo‘lajak kansleri Funke Mediengruppe nashrlariga bergan intervyusida.
Fridrix Mers, shuningdek, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen va Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Olaf Shols AQSh savdo prezidenti Donald Trampning tariflari siyosatiga Yevropaittifoqining javobini ishlab chiqish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilayotganini ta’kidladi.
XDI raisi savdo mojarosi oxir-oqibat hamma uchun zararli ekaniga ishonch bildirdi. Mersning fikricha, ochiq va erkin transatlantik savdo hududi barcha uchun farovonlikni ta’minlashning yagona yo‘lidir. "Bu masalada men Ilon Maskning fikriga qo‘shilaman: nol tariflar hamma uchun eng yaxshi yechim bo‘lardi", – deya xulosa qildi Germaniyaning bo‘lajak kansleri.