Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Mercedes-Benz va Germaniyaning boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari mudofaa buyurtmalarini qo‘lga kiritmoqchi

Mercedes-Benz va Germaniyaning boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari mudofaa buyurtmalarini qo‘lga kiritmoqchi

Bu haqda Bild xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mudofaa kompaniyalari ayni paytda inqirozni boshdan kechirayotgan Germaniya avtomobil sanoati vakillari bilan faol hamkorlik o‘rnatyapti.

Xususan, Fransiya allaqachon 7 ming dona "Zetros" yuk mashinasiga buyurtma bergan. Bundesver (Germaniya qurolli kuchlari) va Litva esa "Daimler Trucks" (bu kompaniyada Mercedes ulushi 30 foizni tashkil etadi) konsernidan yuzlab "Arocs 6x6" harbiy yuk mashinalarini sotib oladi.

Bild nashrining yozishicha, BMW kompaniyasi ham harbiy soha uchun avtopilot texnologiyalarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Kiritildi: Bugun 12:49. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!