Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Mening onam — hamshira” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Mening onam — hamshira” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Paxtachi tumanida tibbiyot xodimlari oilalarini birlashtirgan, mehr va e’tirofga boy tadbir — “Mening onam — hamshira” nomli ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Mazkur tashabbus Paxtachi tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi kasaba uyushmalari raisi Anvar Raimqulov tomonidan ilgari surildi hamda tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limining katta hamshirasi Gulzoda Kenjayeva ishtirokida o‘tkazildi.

Tanlovda tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi hamda uning tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan hamshiralar farzandlari qatnashdi. Ishtirokchilar o‘z onalarining kasbiy faoliyati, mehribonligi va fidoyiligini aks ettiruvchi rasmlar chizib, o‘z ijodiy tasavvurlarini namoyon etdilar. Bolalarning rang-barang tasvirlarida hamshiralar timsoli nafaqat tibbiyot xodimi, balki mehr-muruvvat timsoli sifatida ifodalandi.

Tadbirda jami 20 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Hakamlar hay’ati tomonidan ijodiy ishlar sinchkovlik bilan baholanib, quyidagi g‘oliblar aniqlandi:

1-o‘rin — Paxtachi tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi 13-oilaviy poliklinika amaliyot hamshirasi Bahopa Axmedovaning 11 yoshli farzandi Anora Rahimova;

2-o‘rin — tuman reanimasiya bo‘limi hamshirasi Sevara Quvondiqovaning farzandi, 18-maktabning 2-sinf o‘quvchisi Shaxzoda Olimjonova;

3-o‘rin — 21-maktabning 1-sinf o‘quvchisi Chingiz Bekboyev.

Tanlov yakunida g‘oliblar hamda barcha ishtirokchilarga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Mazkur tadbir bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, hamshiralar mehnatini e’tirof etish va ularning jamiyatdagi o‘rnini yana bir bor ulug‘lashga xizmat qildi. Tadbir davomida bolalarning quvonchli chehralari va onalarning faxrli nigohlari barchaga iliq kayfiyat ulashdi.

Ishtirokchilar tomonidan tashkilotchilarga samimiy minnatdorchilik bildirilib, bunday ezgu tashabbuslar kelgusida ham davom etishi istagi ta’kidlandi. Zero, bu kabi tadbirlar tibbiyot xodimlarining mashaqqatli mehnatini qadrlash bilan birga, jamoa birdamligini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Nigora SAMANDAROVA,

Paxtachi tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi bolalar bo‘limi navbatchi hamshirasi.

Kiritildi: Bugun 18:03. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!