Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Masud Pezeshkian Yaqin Sharq yetakchilariga murojaat yo‘lladi

Masud Pezeshkian Yaqin Sharq yetakchilariga murojaat yo‘lladi

Eron Prezidenti Masud Pezeshkian zarbalardan so‘ng Yaqin Sharq mamlakatlari yetakchilariga murojaat qildi.

"Hurmatli do‘st va qo‘shni davlatlar yetakchilari, biz siz bilan birgalikda diplomatiya yordamida urushdan qochishga harakat qildik, biroq Amerika-sionist harbiy agressiyasi bizga o‘zimizni himoya qilishdan o‘zga chora qoldirmadi", — deyiladi prezidentning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.

Pezeshkian Eron Yaqin Sharq davlatlarining suverenitetini hurmat qilishini alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron hali ham mintaqadagi tinchlik mintaqa mamlakatlari tomonidan ta’minlanishi kerak, deb hisoblaydi.

Kiritildi: 23:24 04.03.2026. O'qildi: 1366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!