Eron mojaroning uchinchi kunida do‘st mamlakatlarga tegishli ikkita kemaga Ormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishga ruxsat berdi, deb bayonot berdi Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK).
"Uchinchi kuni Eronning ruxsati va maqullovi bilan faqatgina ikkita kemaga do‘st mamlakatlar kemasi sifatida o‘tishga ijozat berildi. Urushning uchinchi kunidan boshlab Fors ko‘rfazidagi Amerika, Britaniya va Isroilga yo‘l olgan har qanday kema (qaysi bayroq ostida bo‘lishidan qat’i nazar) Eron uchun nishonga aylanadi", — deya iqtibos keltiradi "Mehr" agentligi IIMK bayonotidan.
IIMKning qo‘shimcha qilishicha, mojaroning birinchi kunida Eron ikkita tankerga, ikkinchi kuni esa yana bir nechta kemaga zarba bergan.