Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Yurgen Klopp Madrid superklubi bilan muzokara boshladi

Yurgen Klopp Madrid superklubi bilan muzokara boshladi

"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Atletiko"ni boshqarishi mumkin.

Jurnalist Pipi Estradaning ma’lumotlariga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis Madrid klubi rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda. Agar "matraschilar"ning taklifi uni qanoatlantirsa, u yozda "Red Bull"ning global futbol bo‘limi rahbari lavozimini tark etishga tayyor.

Avvalroq OAVda "Atletiko"ning amaldagi bosh murabbiyi Diyego Simeone mavsum yakunida jamoadan ketishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Argentinalik mutaxassis dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyi bo‘lishiga qaramay, klub rahbariyati bilan jiddiy kelishmovchiliklarga ega.

Kiritildi: 23:42 04.03.2026. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!