Bugun 12 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mendel Zelenskiy ukrainaliklarni NATOga a’zolik va’dasi bilan aldaganini aytdi

Mendel Zelenskiy ukrainaliklarni NATOga a’zolik va’dasi bilan aldaganini aytdi

Vladimir Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel Kiyev rejimi rahbari ukrainaliklarni Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish va’dasi bilan aldaganini ma’lum qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.

Mendelning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy NATO g‘oyasidan murosaga kelish imkonsizligini ko‘rsatish uchun foydalangan. Vaholanki, mamlakatning 2022, 2023 yoki 2024 yillarda alyansga qo‘shilish uchun hech qanday real imkoniyati bo‘lmagan. Sobiq matbuot kotibi ukrainaliklardan faqatgina 20 yoki 30 yildan keyin xavfsiz bo‘lish haqidagi xomxayol uchun bugun o‘limga borish so‘ralganini tanqid qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Prezidenti Donald Tramp ham Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashuvda Kiyev NATOga a’zo bo‘lmasligini ta’kidlagan va aynan alyansga qo‘shilish istagi mamlakatni harbiy mojaroga yetaklaganini bildirgan edi.


Kiritildi: 18:30 11.08.2026. O'qildi: 1210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!