Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Men Eron Oliy rahbarini sharmandali o‘limdan qutqardim — Donald Tramp

Men Eron Oliy rahbarini sharmandali o‘limdan qutqardim — Donald Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp oyatulloh Ali Xominaiyning Eron Isroil va AQSh ustidan g‘alaba qozongani haqidagi bayonotini keskin tanqid qildi. Tramp Xominaiyning bu so‘zlarini “yolg‘on” deb atadi va Eron Oliy rahbarining o‘limini shaxsan o‘zi to‘xtatganini ta’kidladi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Isroilga Tehronni bombardimon qilish uchun yo‘l olgan samolyotlar guruhini orqaga qaytarishni burishni buyurgan.

"Men Eron Oliy rahbarini o‘ta dahshatli va sharmandali o‘limdan qutqardim, va u hatto menga: “Rahmat, prezident Tramp”, deyishiga ham hojat yo‘q", – deb yozdi AQSh yetakchisi Truth Social tarmog‘ida.

Bundan tashqari, Tramp yaqinda Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish ustida ishlaganini, biroq “Xominaiyning g‘azab, nafrat va jirkanchlikka to‘la bayonoti”dan so‘ng bu boradagi barcha ishlarni to‘xtatganini aytdi.

Avvalroq Reuters agentligi Tramp Isroilning Xomanaiyni yo‘q qilish rejasiga "veto" qo‘yganini xabar qilgandi.

Kiritildi: 08:31 28.06.2025. O'qildi: 851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!