Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

"Men bilan yashashni istamagan" — Nilufar Usmonova marhum eri haqida gapirdi

A A A
"Men bilan yashashni istamagan" — Nilufar Usmonova marhum eri haqida gapirdi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova sozanda Ibrohim Hakimov bilan 1996 yil rasman ajrashgan. Ularning farzandi Nilufar Usmonova u paytda ancha ulg‘ayib qolgandi, deb yozadi Daryo.

— Bolalikdan to‘kis oilaga muhtojlik sezib yashaganman. Ra’no xolam va buvim rahmatli mehribon bo‘lishsa-da, baribir farzand uchun ota-onaning o‘rni bo‘lakcha bo‘ladi. Shu boisdan balki oilaparvar ijodkor bo‘lishga, qomat yoki karyerani bahona qilmay farzandlar sonini orttirishga harakat qilgandirman. Otamning o‘z oilasi, onamning sevimli turmush o‘rtog‘i bor. Ikkisining ham qarorini hurmat qilaman. Nima bo‘lgan taqdir-da ham ular ota-onam bo‘lib qolaveradi. Men ham turmushdan ajrashganman, buning qanchalar qiyin ekanini bilaman. O‘g‘lim Saida’zamxonning otasi rahmatli Novzoda men bilan yashashni istamagan. Chunki u beshta qiz bolaning ichida o‘sgan yolg‘iz erka o‘g‘il edi. Onasi ham xuddi ayamdek cho‘rtkesar ayol edi. Yashashni istamaysanmi, ajrash degan. Oilamda notinchlik bo‘layotgan paytda onam «Seni istamayotgan insonga intilib qadringni tushurma, demak, taqdir emas ekan», degan. Nima bo‘lgan taqdirda ham aqlli o‘g‘lim uchun u insondan minnatdorman, — deydi xonanda Nilufar Usmonova.

Bundan bir necha yil avval OAVda Nilufar Usmonovaning otasi Ibrohim Hakimov bilan intervyu chop etilgan edi. O‘shanda Hakimov qizi Nilufar bilan munosabatlari yaxshi ekani, doim uka-singillaridan xabar olib turishi, hatto, avtomobil sovg‘a qilganini aytgan edi. Ma’lumot uchun, Nilufar Usmonova onasi Yulduz Usmonovaning familiyasi bilan ijod qilsa-da, aslida uning fuqarolik pasportida familiyasi Hakimova deb qayd etilgan.

Kiritildi: 16:54 07.07.2022. O'qildi: 28684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!