Shu kungacha Meksikaning beshta shtatida kuchli yomg‘ir va suv toshqini tufayli 76 kishi halok bo‘ldi, 39 kishi bedarak yo‘qoldi. Avvalroq 72 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Bu haqda Meksika hukumati saytidagi bayonotga tayanib, El Universal xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p zarar ko‘rgan Verakrus va Idalgo shtatlari. Verakrusda 34 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi bedarak yo‘qoldi, 40 ta munisipalitet zarar ko‘rdi. Idalgoda 22 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi bedarak yo‘qoldi, 27 munisipalitetga zarar yetdi. Pueblada 19 kishi halok bo‘ldi, besh kishi bedarak yo‘qoldi, 23 ta munisipalitetga zarar yetgan. Keretaro bitta o‘lim haqida xabar beradi.
Fuqarolik mudofaasi milliy koordinatori (CNPC) Tamaulipasdagi Syudad-Madero va Tampiko munisipalitetlari, shuningdek, Verakruzdagi Anauak, Syudad-Kuautemok va Panuko munisipalitetlari aholisini shanba kuni Panuko daryosida suv sathining ko‘tarilishi va xavfsizroq hududlarga evakuasiya qilish zarurligi haqida ogohlantirdi.